“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya korxonalarida amaliyot o‘tashadi


“Yangi O‘zbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

📍 Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, mazkur universitet faxriy Prezidenti Wolfgang A.Herrmann va kengash a’zolari ishtirok etdi. 

💫 Yangi tashabbus O‘zbekiston hamda Germaniyaning yirik sanoat tarmoqlari vakillari o‘rtasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va talabalarimizni nemis kompaniyalariga amaliyotga yuborishni nazarda tutadi. 

➖ Shuningdek, tadbir doirasida kengash a’zolari esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 

✅ Kengashga Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi kabi yirik tashkilotlar vakillari a'zo hisoblanadi. 

🔹 Shuningdek, Germaniyaning nufuzli korxonalari – “DaimlerChrysler AG”, “BOSCH”, “STADA Arzneimittel AG”, “TAL Group” va “Siemens Energy” rahbarlari ham kengash qatnashchisi sifatida e'tirof etildi.

💥 Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” universitetida ushbu kompaniyalarning laboratoriya va ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish yuzasidan ham fikr almashildi.


Foydali Havolalar