Yurtimiz ziyolilari “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan maktablarda "Kelajak soati" darslarini o‘tishmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari — Farhod Boqiyev, Azizbek Turdiyev, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizning qator maktablarida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

“21-oktabr —  O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan o‘tkazilgan ushbu dars soatlarida davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni o‘rganish, ular qalbida yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilidan boshlab bog‘cha va maktablarda haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda. 

Ushbu darslar uchun soha olimlari, ekspertlar ishtirokida dars ssenariylari ishlab chiqildi hamda videokontent mahsulotlari tayyorlandi. 

➖ Ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tafakkurini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlarda ishtirok etmoqdalar.

🔴 Jarayonlar butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda. 


Foydali Havolalar