Endilikda musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham tegishli sertifikatlar asosida ustama beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi tegishli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
➖ umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi amaliyotga joriy etiladi;
➖ A+, A, B+, B, C+, C darajali mazkur sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi;
🟢 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
🟢 65 – 69,9 ball olgan talabgorga – A darajali;
🟢 60 – 64,9 ball olgan talabgorga – B+ darajali;
🟢 55 – 59,9 ball olgan talabgorga – B darajali;
🟢 50 – 54,9 ball olgan talabgorga – C+ darajali;
🟢 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi;
Amaliyotga joriy etilayotgan tartibga ko‘ra:
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi;
Nizomga asosan:
➖bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislari ishtirokida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi;
➖ sertifikat olishga talabgorlar test sinovida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;
➖test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e’lon qilinadi.
Qarorning to‘liq matni (https://lex.uz/pdfs/7773590)