Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy boshqarmalari, tuman boʻlimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida oʻquv seminari ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi


Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova sohaga doir islohotlarni amalga oshirishda tizim masʼullarining oʻrni va vazifalari haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, joriy yilda erishilgan yutuqlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar ijrosini izchil tashkil etishda tizimdagi har bir rahbar va xodimlarning fidoyiligi muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova 2025-yilda yoʻlga qoʻyilgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida tahliliy maʼlumot berdi. Xususan, yangi tashkil etilgan “Kelajak markazlari”ning asosiy vazifalari hamda hududiy markazlar faoliyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlarining hisobotlari hamda sohani rivojlantirishga doir takliflari tinglandi.
Ma’lumot uchun: bugun kunning ikkinchi yarmida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻquv seminarining asosiy mashgʻulotlari tashkil etiladi.


Foydali Havolalar